"Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 apreldan “Nuroniy” jamğarmasiga davlat subsidiyasini ajratiş tizimi joriy etiladi.
“Bir nuroniy ön yoşga mas’ul” tamoyiliga muvofiq yoşlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.
“Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.
“Bir nuroniy ön yoşga mas’ul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erişgan nuroniylarni “Nuroniy” jamğarmasi mablağlari hisobidan rağbatlantirib boriş tizimi joriy etiladi.
Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har çorakda BHMning 2 baravari (600 ming söm) miqdorida rağbatlantirib boriladi.












