O‘zbekiston | 12:56 / 16.06.2022
6011
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda endi nuroniylar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi va eng yuqori ko‘rsatkichli nuroniylarga 10 mln so‘m beriladi

Har yili ikki bosqichli "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" tanlovi o‘tkaziladi va eng yuqori ko‘rsatkichli nuroniylar 10 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlarda tarkibiga 15 nafardan jami 3320 nafar tajribali, obroʻ-eʼtiborli keksalar jamlangan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tuzildi. 

Bundan tashqari, "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" tamoyili asosida 26 ming nafardan ortiq nuroniylar 258 750 nafar ishsiz, tarbiyasi og‘ir va muammoli yoshlarga biriktirildi. Tegishli reja-grafik asosida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” shiori bilan 80 mingdan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi.

Yoshlar tarbiyasida nuroniylar boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda munosib ishtirok etayotgan keksalarni rag‘batlantirib borish maqsadida joylarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Tanlov Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida har yili bir marta ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlov nizomiga ko‘ra tuman va viloyat darajasida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan nuroniylar “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 million so‘mgacha rag‘batlantiriladi. Ayni kunlarda hududlarda tanlovning sektor bosqichlari yakunlanib, tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.             

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid