Bugun terma jamoamiz boş murabbiyi Samvel Babayan iste'foga çiqarildi. Navbatdagi sikl oldidan aksariyat jurnalistlar va muxlislar terma jamoaga çet ellik tajribali murabbiy tayinlanişi kerakligini aytişmoqda. Özbekiston futbol federatsiyasi bu borada qanday fikrda ekanidan xabarimiz yöq. Katta ehtimol bilan ularda birorta fikr yöq bölişi ham mumkin.

Çunki yaqinda Özbekiston Futbol Federatsiyasida saylovlar bölib ötib, yangi rahbariyat kelişi kutilmoqda.

Oradagi tanaffusdan foydalanib, keling, terma jamoamizni boşqarişga köndiriş mumkin bölgan, ya'ni hozirda heç qayerda işlamayotgan, oldimizga qöyiladigan vazifalarga fikrimizça, mos keladigan murabbiylar haqida gaplaşamiz. 

Uli ŞTILIKe

Fuqaroligi: Germaniya

Yoşi: 63 da.

 

Ştilike 1998-2006 yillarda Germaniya terma jamoasi sistemasida yordamçi murabbiy, yoşlar tarkibi murabbiyi sifatida işlagan. Ya'ni, terma jamoalarning işlaş tizimi borasida yetarli tajribaga ega. Yangilaniş davrida aynan mana şuni töğri tuşuna oladigan boş murabbiy asqotgan bölardi.

Uli şuningdek, Osiyo futboli bilan ham yaqindan taniş. U sönggi 3 yilda guruhdagi raqibimiz Janubiy Koreya terma jamoasini boşqardi. Bu davrda ikki bor terma jamoamiz bilan töqnaş keldi va ğalaba qozondi. Aytiş mumkinki, terma jamoamiz imkoniyatlarini ham çamalay oladi, muzokaralarda bu jihat ham yordam berişi mumkin.

Sönggi turlar oldidan koreyslar uni böşatib yuborgan bölişsa-da, terma jamoa muammosi faqat boş murabbiy bilan boğliq emasligi sezildi. Janubiy Koreya terma jamoasi sönggi 2 öyinda mahalliy murabbiy qöl ostida ötkazib, birorta ham gol ura olmadi.

 

Guus HIDDINK

Fuqaroligi: Niderlandiya

Yoşi: 70 da

Yangi asr boşlaridagi eng e'tiborli murabbiylardan biri. Ayniqsa, berilgan qisqa muddatlarda ham öyin sifatida, jamoaviy öyinni yölga qöya olişi bilan maşhur.