Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, mamlakat NATOga kiriş böyiça Harakatlar rejasini hozirdan bajarmoqda. Şuningdek, u alyansga kiriş böyiça umumxalq referendumini ötkaziş taşabbusi bilan çiqişini istisno etmadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Biz a'zolik böyiça Harakatlar rejasi formal tasdiqlanmagan bölsa-da, biroq, uni bir tomonlama holatda bajarmoqdamiz», - dedi Poroshenko Oliy radadagi çiqişi vaqtida.
Uning ta'kidlaşiça, jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan sörovlar ukrainaliklar mamlakatning NATOga kirişiga qarşi emasligini körsatmoqda.
«Men vaqti kelganida tegişli referendum taşabbusi bilan çiqişimni istisno etmayman, bu Ukraina xalqi xohişini körsatadi. Barçaga: ham bizning döstlarga, ham tajovuzkor qöşniga, ham ukrainalik barça siyosatçilarga... Bu istalgan siyosiy vaziyatda heç birimizga bu kursni taftiş qiliş hamda ortga qaytişimizga imkon bermaydi», - deya ma'lum qildi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Poroshenko Yevropa Ittifoqiga yöldagi tösiqlarni yengib ötişga va'da bergandi.












