Avstraliyadagi Kuring-gay Çeys milliy parki böylab sayr vaqtida biolog va suratkaş Yurgen Otto 5 yangi turdagi tovus-örgimçaklarni kaşf qilişga muvaffaq böldi. Daily Mail şu haqida xabar berdi.
Yurgen Ottoning yorqin rangli örgimçak bilan birinçi tanişuvi 9 yil avval Sidneyda röy bergandi.
"Men noyob örgimçakka duç keldim va uni suratga oldim, keyin uyga kelib, kompyuterda uni yaxşilab közdan keçirişga kirişdim. Tuşunmay qoldim. Internetda örgimçakning bu turi haqida heç qanday ma'lumot yöq edi".
Yurgen Otto
Ottoning sözlariga köra, hozirgi vaqtda Maratus oilasiga mansub röyxatdan ötgan tovus-örgimçaklarning Avstraliya hududidan topilgan 48 turi mavjud. Bundan taşqari, köplab boşqa turdagi örgimçaklar ham tasdiqdan ötişi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, faqat nar örgimçaklar tovus patini yodga soluvçi yorqin köriniş olgan.

"Nar örgimçakning naqş va ranglari şu qadar xilma-xilki, biri ikkinçisini takrorlamaydi. Ularni osonlik bilan ajratiş mumkin".


Yunger Otto















