Internet tarmoğida BMW kompaniyasining yangi yöltanlamasidan darak beruvçi fotosuratlar paydo böldi. X7 Concept prototipining suratlari Bimmerpost naşri tomonidan namoyiş qilindi. Uning rasmiy taqdimoti sentabr oyida Frankfurt avtosalonida bölib ötadi. 

Yangi maşina dizayni X5 modelini yodga soladi. Biroq X7 sezilarli darajada yirik böladi va 3 qator örindiqlar joylanadi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, BMW X7 yanada haşamatliroq köriniş kasb etadi. Masalan, ikki qatorli va alohida joylangan, har biri öz havo aylantiriş va uqalaş tizimiga ega böluvçi 4 örindiq bilan ham taklif etiladi. 

Foto: f30.bimmerpost.com

7 örinli krossover CLAR platformasida barpo etiladi. Yangi avlod 7-Series sedanlari ham ayni şu şassida quriladi. BMW krossoveri ayni modelning benzinli va dizelli dvigatellarini ham oladi. Xususan, eng kuçli V12 dvigateli, gibridli motor şular jumlasidan. 

Krossover kontseptiga esa vodorodli motor örnatiladi. Uning quvvati 245 ot kuçiga teng böladi. Bunda bir marta vodorod töldirilganidan söng 500 kmgaça masofani bosib ötiş mumkin. 

Foto: f30.bimmerpost.com

Qayd etiş joizki, bu turdagi maşina faqat tajriba sifatida işlab çiqiladi, bölğusi X7 odatdagi kuç agregatlariga ega böladi. Uning seriyali namunasi kelasi yilda namoyiş etiladi. 

Bundan taşqari Frankfurt avtosalonida 3-Series sedanining elektrli namunasi taqdim etiladi. U Tesla Motors kompaniyasining eng arzon hisoblanuvçi Model 3 elektrokariga raqobatçi bölişi kutilmoqda. BMW firmasining yangi elektromobili yangi avlod «uçlik» şassisida quriladi. Bundan taşqari, CLAR platformasida ham barpo etiladi.

Foto: f30.bimmerpost.com
Foto: f30.bimmerpost.com