Britaniyalik muhandis Rayan Yasin kiçik bolalar uçun kiyim ixtiro qildi, u bola bilan birga ösadi. U şu tariqa bolalar kiyimiga doimiy ravişda pul sarflaş muammosini hal qilmoqçi. Muhandis öz ixtirosi haqida loyiha saytida aytib ötdi.
Olim eniga va böyiga çöziluvçi material yaratdi, şu bilan birga, u xuddi rezina kabi ingiçkalaşmaydi. Bunday effekt plissirovka sabab yuzaga keldi. Yangi materialdan tayyorlangan kiyim namga çidamli böladi. Modelni ikki yoş toifasidagi bolalar uçun çiqariş rejalaştirilmoqda – 6 oydan 36 oygaça va ikki-beş yoş oraliğida.
«Ösuvçi» kiyim nafaqat ota-onalar pulini tejab qoladi, balki atrof-muhitni kamroq ifloslantirişga ham yordam beradi. Faqatgina 2016 yil davomida çiqindixonalarda 30 ming tonna kiyim-keçak aniqlangan. Yoş bolalarning kiyimini bir neça oyda almaştirişga ehtiyoj qolmasligi esa bu raqamni kamaytiriş imkonini beradi. Bundan taşqari, ixtiroçining sözlariga köra, yangi material qayta işlanişi ham mumkin.

Yasin materialni yaratgani uçun James Dyson Award sanoat dizayni sohasida mukofotni qölga kiritdi. Kiyim mukofot egasiga tölangan pullar hisobidan işlab çiqariladi.











