Milliy terma jamoamiz hamma narsa öziga boğliq böla turib, imkoniyatni boy berdi. Töğri, hisob böyiça yutqazmadi, lekin amalda şarmandali mağlub böldi. «Şarmandali» deganimning boisi öz uyida töp sura turib, raqibga yetarli bosim ötkaza olmadi, futbolçilarning közi yonmadi, hatti-harakatlarida şiddat, şijoat yetişmadi. Ikkinçi bölimning katta qismi ötib, öyin öz yakuni tomon yaqinlaşiş arafasida futbolçilarimiz belidan balçiqqa botgan eşak aravadek imillab yurişini körgan şarhlovçi Konstantin Geniç ham «öyin sur'atidan Özbekistonga ğalaba suv va havodek zarur degan taassurot uyğonmaydi», deya hayratini yaşirmadi.

Öylaymanki, barça ehtiroslarni jilovlab, döppini bir çetga olib qöyib fikr yuritiş payti keldi. Çunki, oradan bir-ikki kun vaqt ötdi, oz-moz sovugandek böldik. Şunday ekan, keling hammamizni birdek bezovta qilayotgan boş murabbiy masalasini körib çiqamiz.

Töğri, futbolda bizdan «bir-ikki köylak ortiq yirtgan» mamlakatlarda mağlubiyat yoki inqiroz (hozirgi holatimizni şu söz yaxşiroq ifodalaydi) uçun kimnidir aybdor qilişmaydi, balki butun tizim qayta körib çiqiladi. Lekin qanday qarorga kelinişidan qat'i nazar, avvalo boş murabbiy qayd etgan natijalar çuqur tahlil va taftiş qilinadi. Köp hollarda murabbiyni almaştiriş biz bilgan öşa tizimli va tarkibiy özgarişlarning ajralmas qismi böladi. Istaymizmi yöqmi, terma jamoa natijalari uçun asosiy javobgarlik boş murabbiy zimmasida.

Boş murabbiy risolada qanday bölişi kerak? Uning şaxsiyatiga qanday talablar qöyiladi? Bizning muhtaram Samvel Babayan bu talablarga neçoğlik javob beradi? Qaysi omillar böyiça uning kuçli va kuçsiz jihatlariga baho beriş mumkin?

Ijozatingiz bilan, bu yerda men çaynalib mağzavasi çiqib ketgan masala - taktik öyin sifatiga e'tibor qaratmoqçi emasman. Çunki Babayan «uslubi»da va jamoasida taktika umuman közga taşlangani yöq. Yöq narsani esa muhokama qilib ham bölmaydi. 

Birinçi omil. Ğoliblik ruhiyati

Bu Babayan «uslubi»dagi eng zaif element bölsa ajabmas. «Yigitlarimiz» (kinoya uçun uzr) vatan şa'ni uçun yonişlari, jonlarini jabborga berişlari kerak bölgan damlarda maydonda maqsadsiz toşbaqadek sudralib yurişdi. Boksçilarimizni eslang, azizlar! Hatto ular mağlub bölgan janglarda ham ular haqiqiy jasorat körsatişdi. Işonsangiz, Janubiy Koreya bilan uçraşuv yakunlanib borarkan, Hasanboy Dösmatov va Isroil Madrimov mağlub bölgan boks janglari köz öngimda kino lentasidek ötib turdi. Şahram Ğiyosovning final jangini esa gapirmasa ham böladi. Qonim qaynadi! Xuddi sevimli qahramonimiz kabi televizorni oynadan uloqtirgim keldi. «Onamdan qolgan toşoyna qani» deya hayqirgim keldi. Barça işqibozlar şunday holda ötirişganiga şubham yöq. Futbolçilarimizga jangçi qoni, jangçi ruhi oçiqçasiga yetişmadi.