FIFA «Tottenhem» va Angliya terma jamoasi yarim himoyaçisi Dele Alli ustidan iş qözğadi.
Angliya terma jamoasining Slovakiyaga qarşi uçraşuvida Alli örta barmoğini körsatgan holda, odobsiz harakat qilgandi. Translyatsiya çoğida, bu harakat uçraşuv hakamiga qaratilgan, deb taxmin qilinişi mumkin edi. Gap şundagi öşa paytda hakam Martin Şkrtelning unga işlatgan qöpolligini e'tiborsiz qoldirgandi.
Ammo öyindan keyin Alli bu harakatni hakamga emas, dösti Kayl Uokerga hazil tariqasida körsatganini aytdi. Terma jamoa murabbiyi Garet Sautgeyt va «Tottenhem» ustozi Maurisio Poçettino futbolçining bu oddiy harakatiga jiddiy e'tibor qaratmaslik kerakligini ta'kidlaşdi.
Ammo BBC naşrining yozişiça, FIFA iş yuzasidan suriştiruv işlarini boşlab bölgan. Futbolçi sentabr oyi oxirlarida jazolanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Angliya terma jamoasi jahon çempionati saralaş öyinlarini yana ikki turdan söng yakunlaydi. 5 oktabr kuni Sloveniya, 8 oktabr kuni esa Litvaga qarşi öyinlar bölib ötadi.











