Jahon | 14:33 / 08.09.2017
8936
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada juda kuchli zilzila oqibatida qurbonlar bo‘lganlar soni ortmoqda

Foto: Reuters

Meksikada yuz bergan 8 magnitudali juda kuchli zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ularning ikki nafari yosh bola.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bolalar Tabasko shtatida hayotdan ko‘z yumgan.

Itv.com’ning xabar qilishicha, Meksika janubi-sharqidagi Chyapas shtatida kuchli vayronagarchiliklar ro‘y bergan. Gubernator Manuel Velaskoning so‘zlariga ko‘ra, ikki ayol devorning qulashi oqibatida halok bo‘lgan.

Zilzila markazi Tustla-Guterres shahridan 200 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.

Avvalroq Meksika qirg‘oqlarida juda kuchli zilzila yuz bergani, sunami xavfi e'lon qilingani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid