Germaniya taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel GFRning Rossiyaga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş uçun RF va Ukraina örtasida tinçlikni örnatişga yordam beriş kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda RT telekanali xabar bermoqda.

«Biz tinç mamlakatmiz, biz dunyoning boşqa hududlarida ham tinçlik hukmronlik qilişi, bugun qançalik murakkab bölmasin, Rossiya va Ukraina munosabatlari yaxşilanişi uçun yordam berişni xohlaymiz. Biz Minsk jarayoni yordamida Rossiyadan sanksiyalarni bekor qiliş uçun tinçlik örnatilişini xohlaymiz», — degan Gabriel.

Germaniya TIV rahbarining qayd etişiça, Rossiya va Germaniya kabi mamlakatlar boşqa davlatlar ham iqtisodiy jihatdan yaxşiroq bölişi uçun qayğurişi kerak. 

«Iqtisodiy jihatdan yanada yaxşiroq bölişi, tinçlik hukm surişi, mojarolarning oldini olişimiz uçun nemislar sifatida, biz bilamizki, bizga ruslar kerak, ruslarga biz kerakmiz. Biz qöşnilarmiz — Yevropa va Rossiya. Qöşnilar döst bölib qoladi», — deb qöşimça qilgan Gabriel.