Vanna pardasi, sport poyabzali, bolalar öyinçoqlari va şu kabi boşqa predmetlarni qörqmasdan kir yuviş maşinasiga soliş mumkin. "Layfxaker" şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
1. Yumşoq öyinçoqlar
Har bir yumşoq öyinçoqni alohida yuviş qopçasiga solib, odatiy me'yorning yarmiga teng poroşok qöşib, sovuq suvda yuving (issiq suv öyinçoqdagi yelimni eritib yuborişi mumkin). Şundan söng öyinçoqlarni yana bir bor çayib, quriting.

2. Poltayoq nasadkasi
Mikrofibradan yasalgan nasadkalarni yuvişga qörqmang: kir yuviş maşinasida ularga heç nima qilmaydi. Ajraluvçi nasadkalar aynan ularni olib yuviş oson bölişi uçun ham ajraluvçi qilib işlangan.
3. Uşlagiçlar
Qölqoplar va uşlagiçlarni oddiy rejimda oşxona soçiqlari bilan birga yuving. Darvoqe, qölqop-uşlagiçlar faqatgina oşxonada asqotmaydi: ular yordamida issiq lampani buraş yoki tikonli butalarni kesiş ham mumkin.
4. Beysbolka
Zarurat tuğilganda beysbolkaga doğ ketkazuvçi vositadan sepib, 5 daqiqaga qoldiring. Şundan keyin kir yuviş maşinasining sovuq suvda yuvuvçi qisqa sikliga sozlang. Yuvib bölgaç, beysbolka şaklini töğirlab, quritişga qöying.
5. Krossovkalar
Krossovkalarning boğiçlarini olib, ularni yuviş qopçasiga soling, şunda ular aralaşib ketmaydi. Endi krossovkaning tagligini olib, uni maşinaga soliş mumkin. Maşinada kir aylanişi jarayonida yoqimsiz tovuşlar çiqmasligi uçun ular bilan birga bir neça soçiq soliş tavsiya etiladi. Odatiy me'yordagi kir yuviş kukunidan qöşing, yoqimsiz hiddan xalos böliş uçun esa - biroz uksus qöşiş mumkin. Sovuq suvda yuvuvçi ehtiyotkor rejimni tanlang.
















