Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan Ostonadagi Islom hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida musulmon mamlakatlar aholisining bilimsizligi borasida fikr bildirdi. Tengrinews şu haqida xabar berdi.
"Biz umrimizning oxirigaça öqiş va örganişni tavsiya qiluvçi dinga e'tiqod qilamiz. Islom sivilizatsiyasi - ilm-fan va bilimlar sivilizatsiyasi. Musulmonlar dunyo siyosatini boşqargan paytlarda aynan ularning ölkasi ilm-fan va innovatsiyalar markazi bölgan. Musulmonlarning hayotida ilm-fan, öqiş va tadqiqotlar ikkinçi darajaga ötib qolganda esa qoloqlik va tanazzul davri boşlangan", - dedi Rajab Toyyib Erdöğan öz nutqida.
"Bugungi kunda islom olami aholisining 55 foizi - bilimsiz. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) mamlakatlarida YaIMning örtaça 5,2 foizi bilim olişga ajratiladi. Bizning eng bilimli bolalarimiz, eng noyob aql sohiblari Ğarb mamlakatlariga ketib qolişmoqda, Ğarb taşkilotlarida işlaşmoqda. Afsuski, axborot texnologiyalari sohasida biz işlab çiqaruvçi emas, iste'molçimiz. Bu esa milliy xavfsizligimizga tahdid soladi. Kuçli mamlakat böliş uçun biz tökis bilimni eng yaxşi şaklda işlab çiqarişimiz kerak", - dedi Turkiya prezidenti IHTning Ostonadagi sammiti doirasida.
Erdöğan islom davlatlari IHT doirasida öz bilimlari, texnologik yutuqlari, şuningdek talabalar va pedagoglari bilan almaşişlari kerakligi hamda universitetlar bilan hamkorlik qilişi kerakligini aytdi. "Turkiya ham bunga tayyor", - deya ta'kidladi Rajab Toyyib Erdöğan.
IHT 1969 yilda taşkil qilingan. Hozirda uning 57 a'zosi bor.











