Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida bölib ötayotgan Islom hamkorligi taşkiloti sammiti doirasida bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uçraşgan, deb xabar bermoqda Prezidentning rasmiy sayti.

Xabarga köra, Ş.Mirziyoyev Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Aşraf Ğani bilan uçraşgan.

Foto: ÖzA

Uçraşuvda mamlakatlarimiz örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Söngra Şavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşgan. Muloqotda ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarning mustahkamlanişi özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qilişi ta'kidlangan.

Foto: ÖzA