Germaniya federativ respublikasi kansleri Angela Merkel Berlin Qrimni Rossiyaga tegişli deb hisoblamasligini ma'lum qildi. Merkel xonim bunday fikrni Frankfurter Allgemeinen Sonntagszeitung uçun bergan intervyusida aytib ötgan.

Kantsler Qrimni Rossiya hududi sifatida tan oliş haqida eşitganida, GDR bilan bölgan vaziyatni eslaşini aytib ötgan. 

«Men bunga şunday yondaşaman: Agar öşanda GDR bizga şunday munosabatda bölganida, «Germaniya bölindi, heç narsa özgarmaydi», deyişganida nima bölardi», — degan Merkel.

U tarixdan saboq oliş kerakligini qayd etgan.

«Biz adolatsizlikka könişimiz kerak emas», degan u. Bu orqali Merkel xonim Germaniya erkin demokratik partiyasi yetakçisi Kristian Lindnerning avgust oyida Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan oliş kerakligi haqida aytgan gaplariga munosabat bildirgan.

«Qrim heç qaçon Ukraina tarkibiga qaytmaydi. Sanktsiyalar foyda bermaydi. Rossiya Yevropada katta kuç va biz bu davlatni Yevropa tartibiga qöşişimiz kerak», — degandi u Berliner Morgenpost uçun bergan intervyusida.

Xuddi şunday bayonot sentabr oyida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi rahbari, kanslerlik lavozimiga da'vogar Martin Şults tomonidan ham bildirilgandi. «Menga şunday tuyuladiki, ruslar buni favqulodda çora sifatida qöllaşgan», — deya izoh bildirgan u. Şults şu bilan birga yarim orol Rossiya tarkibiga qöşib olinişi xalqaro huquq qoidalariga zid ekanini qöşimça qilgan.

Qrim 2014 yil martida ötkazilgan referendumdan keyin Rossiya tarkibiga qöşilgandi. Rasmiy Kiyev referendum natijalarini tan olmadi. Moskva tomoni esa referendum xalqaro huquq normalari doirasida bölib ötganini ta'kidladi.

2014 yilda bir qator davlatlar, jumladan, AQŞ va Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskva bilan munosabatlarda çeklovlar joriy qilişni boşladi. 2017 yil iyunida iqtisodiy sanksiyalar 2018 yilning 31 yanvariga qadar uzaytirildi. Bundan taşqari, Rossiya va Ukrainadagi yuridik şaxslarga individual sanksiyalar amalda.