Farğonada joylaşgan “NARIMTEKS” MÇJ Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi mamlakatda yaratilgan qulay investitsion muhit, davlat rahbariyati tomonidan kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş borasida olib borayotgan samarali siyosatning natijasi va davlatlar örtasida örnatilgan özaro iqtisodiy xamkorlikning mahsuli sifatida 2008 yilning iyun oyidan öz faoliyatini boşlagan.
Qöşma korxona taşkil etilgan 2008 yilda jami 22 nafar işçi va xodimlar işlagan bölsa, 2016 yilda ular soni 60 ga yetdi. Hozirgi kunda esa uşbu korxonada 70dan ziyod işçi va xodim mehnat qilmoqda va ularning 52 nafari ayollar, 20 nafari kasb-hunar kollejlari bitiruvçilaridir.
Qöşma korxona öz faoliyatini boşlagandan buyon ötgan davr içida işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qiliş borasida asosan Germaniya, Italiya, Yaponiya va Xitoyda işlab çiqarilgan zamonaviy tikuv, töquv jihozlari keltirib örnatildi. Natijada işlab çiqariş samaradorligi oşdi. 2010 yilda 441 mln. sömlik mahsulot işlab çiqarilgan bölsa, 2015 yilga kelib bu körsatkiç 1 mld. 520 mln. sömni taşkil qildi. 300 dan ortiq ayollar qişki kiyimlari modellari işlab çiqarişga joriy qilindi.

2016 yilda korxonada işlab çiqarilgan mahsulot hajmi 4 mlrd. sömni taşkil qildi. Korxona mahsulotlari hozirgi kunda respublika içki bozorlarida hamda MDH davlatlarida muvaffaqiyatli sotilmoqda. 2015 yilda korxonada işlab çiqarilgan mahsulotlar eksport hajmi 314 000 AQŞ dollari, 2016 yilda esa 880,0 ming AQŞ dollarini taşkil etdi.
Korxona raxbariyati işçilarning iş va maişiy şaroitlarini yaxşilaş böyiça ham bir qator işlarni amalga oşirmoqda. Bugungi kunda işçi va xodimlar uçun 150 örinli yangi oşxona, dam oliş, jismoniy tarbiya bilan şuğullaniş xonalarini özida mujassamlaştirgan binoning qurilişi jadal olib borilmoqda.

Korxonada hozirda ayollarning 8 turdagi, 700 modeldagi qişki va yozgi kiyim-keçaklari işlab çiqarilmoqda va dizaynerlar milliy hamda an'anaviy biçimdagi hammabop va hamyonbop mahsulotlarni işlab çiqariş ustida izlaniş olib bormoqdalar.












