Kongo Demokratik Respublikasining ğarbiy qismida joylaşgan Kvilu viloyatida yirik YTH yuz berdi, natijada 25 kişi halok böldi, yana 44 inson jarohat oldi. Bu haqda Radio Okapi xabar bermoqda.

Hodisa şanba, 9 sentabr kuni yuz bergan. Kikvitadan Kinşasaga yöl olayotgan avtobus köprik ustida yöldan çiqib ketgani aytilmoqda.

Ta'kidlanişiça, hodisa oqibatida 25 kişi halok böldi, 44 inson jiddiy darajada jarohatlandi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yöl-transport hodisasiga avtobusdagi tormoz oliş tizimining nosozligi va tezlik rejimining oşirilgani sabab bölgan.