Özbekiston prezidenti islom olamidagi ilmiy yutuqlar uçun IHT mukofotini joriy etiş taklifini bildirdi.
Musulmon olami mamlakatlarining köpçiligi hozir ilm-fan va texnologiya sohasida juz'iy tarzda ortda borişmoqda, deya Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda «Sputnik-Kazaxstan».
Islom hamkorligi taşkilot (IHT)ning fan va texnologiya böyiça sammitida çiqiş qilar ekan, Özbekiston rahbari islom olami jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi qöşgan beqiyos xizmatlari uçun faxrlanişga haqli ekanligini qayd etib ötdi.
«Tan oliş lozimki, ayni paytda musulmon olamining köplab davlatlari fan va texnologiya sohasida rivojlangan davlatlardan juz'iy ortda qolmoqda. Masalan, jahonning eng yaxşi 500 universiteti reytingiga taşkilotimizga a'zo davlatlardan bor-yöği 11ta oliy öquv yurti kiritilgan. 2015 yilda jahonda patent oliş uçun arizalar topşirişda IHT davlatlarining uluşi atigi 1,9 foizni taşkil etgan», — dedi Mirziyoyev.
Uning ma'lumotlariga köra, 2016 yilda IHT davlatlarida çop etilgan jamiki ilmiy maqolalarning 80 foizi taşkilotning faqat 7 a'zo-davlati hissasiga töğri kelgan.
«Taassuf bilan qayd etmoq lozimki, boy tabiiy resurslar va ulkan moliyaviy salohiyatga qaramasdan musulmon davlatlarining aksariyati iqtisodiyotga innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni joriy etiş borasida faollik namoyiş etişmayapti», — deya qöşimça qildi prezident.
Uning umid qilişiça, zamonamizning eng muhim muammolari va ilmiy masalalarini hal qilişga yönaltirilgan hamkorlikning yölga qöyilişi islom olamining fan-texnologiya salohiyati uçun mustahkam asos bölib xizmat qiladi.
«Biz Mirzo Uluğbekning astronomiya rivoji uçun qöşgan ulkan hissasiga hurmat sifatida taşkilotning Samarqandda superzamonaviy teleskop örnatiş haqidagi taklifini mamnuniyat bilan qabul qilamiz», — dedi u.
Mirziyoyev islom olamidagi ilmiy yutuqlar uçun IHTning maxsus mukofotini joriy etiş va uni xalqaro sahnada ommalaştiriş taklifini bildirdi. U şuningdek, IHTning fan va texnologiya böyiça sammitini har uç yilda bir marta ötkazişni taklif etdi va Özbekiston 2020 yilda bölib ötadigan keyingi Sammitni ötkazişga tayyor ekanini bildirdi.











