Özbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida Nukus şahrida Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat boği qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirildi.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida aholi madaniyatini yanada yuksaltiriş, ularning maroqli hordiq çiqarişiga kömaklaşiş, hududlarimizni yanada obod va farovon qiliş maqsadida 100 ta madaniyat va istirohat boğini ta'mirlaş hamda jihozlaş nazarda tutilgan edi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Q.Sariyev va boşqalar xalqimiz turmuş farovonligini yuksaltiriş, madaniyat va istirohat boğlari faoliyatini zamon talablari asosida takomillaştiriş, aholining mazmunli hordiq çiqarişini ta'minlaş borasida izçil işlar amalga oşirilayotganini ta'kidlaşdi. Bunday ezgu işlar yangidan barpo etilayotgan va mavjudlari ta'mirlanib qayta tiklanayotgan madaniyat hamda istirohat boğlarining yanada körkam va fayzli bölişiga xizmat qilmoqda.
10 gektar maydonni egallagan mazkur madaniyat va istirohat boği ham keng kölamli quriliş-ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlari tufayli butunlay yangiça qiyofa kasb etdi. Bu yerga Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit mablağlari hisobidan xorijdan zamonaviy attraksionlar keltirib örnatildi.
"Boğimizda aholining hordiq çiqarişi uçun 20 ming kvadrat metr maydonga yaşil çim yotqizib, suv purkagiçlar örnatdik, – deydi “Davlatnazar oromgohi” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari H.Sultonov. – Xiyobonlarga turfa gullar ekilib, örindiqlar qöyildi. Aholi, ayniqsa, boğ örtasida favvora barpo etilganidan mamnun. Kelgusida boğ çekkasida sport maydonçalari barpo etiş rejalaştirilgan".
Yurtimizda Mustaqillik bayrami şukuhi kezib yurgan şu kunlarda Şumanay va Qoraözak tumanlarida ham ana şunday madaniyat va istirohat boğlari foydalanişga topşirildi.












