Özbekistonda yaqin yillarda superkompyuter paydo bölişi mumkin. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostonada bölib ötgan Islom hamkorlik taşkilotining fan va texnologiyalar böyiça birinçi sammitida çiqişi vaqtida şu haqda gapirib ötgan.
«Doimiy qömitaning a'zo davlatlar hududida oltita Yuqori samarali kompyuter markazini taşkil etiş töğrisidagi tavsiyasiga muvofiq, şunday markazlardan birini Özbekistonda joylaştirişga tayyor ekanimizni bildiramiz. Biz yoş olimlarga bilim va tajriba almaşiş, birgalikda tadqiqotlar ötkaziş imkonini beradigan Musulmon olami yoş olimlari xalqaro markazini tuzişni taklif etamiz», — degan davlat rahbari.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev IHT iştirokçi davlatlarini zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirişga e'tibor qaratişga çaqirdi. U ayni vaqtda musulmon davlatlari fan va texnologiyalar sohasida ortda qolayotganini tan oliş lozimligini ta'kidlagan.
«Ayni vaqtda köplab musulmon mamlakatlari ilm-fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganini tan oliş lozim. Masalan, a'zo davlatlarning faqatgina 11 ta oliy ta'lim muassasasi jahonning 500 ta eng yaxşi universiteti reytingidan örin olgan, xolos. Yoki 2015 yilda dunyo böyiça patent oliş borasidagi murojaatlarda bu mamlakatlarning hissasi atigi biru öndan töqqiz foizni taşkil etgan. Taşkilotga a'zo davlatlarda 2016 yilda e'lon qilingan ilmiy maqolalarning qariyb 80 foizi 7 ta davlat hissasiga töğri kelgan», — deya qayd etgan Mirziyoyev.
Uning fikr bildirişiça, aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bölsa-da, iqtisodiyotga innovatsion ğoya va texnologiyalarni joriy etişda faollik körsata olmayapti.
«Öylaymanki, fundamental fan sohalarini rivojlantiriş, davrning dolzarb muammolariga ilmiy yeçimlar topişga qaratilgan hamkorlikni yölga qöyiş islom olamining ilmiy-texnologik salohiyatini oşiriş uçun mustahkam zamin yaratadi. Mirzo Uluğbekning astronomiya fani rivojidagi bebaho hissasini e'tiborga olib, Samarqand şahrida zamonaviy teleskop örnatiş töğrisidagi taklifni biz minnatdorlik bilan qabul qilamiz», degan Özbekiston prezidenti.
Mirziyoyev Özbekiston ilm-fan, ta'lim va işlab çiqariş örtasidagi integratsiyalaşgan hamkorlikni yölga qöyiş zarur, deb hisoblaşini ma'lum qilgan.
«Doimiy qömita homiyligida Özbekistonda Al-Xorazmiy xotirasiga bağişlab, yoş matematiklar örtasida Xalqaro olimpiadani taşkil etişni taklif qilamiz», — degan prezident.











