Bugungi kunda Özbekistonda 131 ta naşriyot, 1815 ta matbaa korxonasi davlat röyxatidan ötkazilgan. Respublika naşriyotlari tomonidan har yili 4 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 50 mln nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari naşr etilmoqda. Şundan ellikdan ortiq naşriyot bolalarga bağişlangan kitoblarni çop etib keladi. Hozirda Özbekistonda naşr qilinayotgan adabiyotlarning uçdan biri bevosita bolalar va yoşlarga doir naşrlardir. Bu haqda ÖzMAAda bölib ötgan matbuot-brifingida ma'lum qilindi. 

Bundan taşqari, 2015-17 yillarda “Yangi asr avlodi” naşriyot-matbaa markazi tomonidan 100 dan özbek va jahon klassik adabiyoti vakillarining asarlari naşrdan çiqdi. 

Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi “Maktab adabiyoti xrestomatiyasi” ruknidamaktab darsliklariga kiritilgan özbek va jahon adiblarining 44 nomdagi asarlarini naşr etmoqda. Şuningdek, “Özbek xalq ijodi yodgorliklari” nomli 100 tomdan iborat xalq ijodi namunalarini mujassam etgan kitoblar majmuasini naşr etmoqda.  

Çölpon nomidagi naşriyot “Mening birinçi kitobim” loyihasi böyiça 18 nomda maktab öquvçilariga möljallangan kitoblar töplamini naşr qildi.