Angliya Premer Ligasining eng maşhur nomlaridan biri Sem Ellardays özining ğalaba qozoniş formulasini oşkor qildi. Bu formula 7 asosiy qoidadan taşkil topar ekan. 

1. GOL ÖTKAZMASLIK
«Agar öz darvozangizni daxlsiz saqlasangiz, ğalaba qozoniş uçun birgina gol kifoya. Himoyadagi işonçli öyin mavsumdagi yaxşi natija uçun poydevor böladi, axir har öyinda 2-3 gol urişning iloji yöq» – deydi Sem Ellardays.

«Kristal Pelas» men kelgunimça 17 turning faqat bittasida gol ötkazib yubormagandi, xolos. Biz yangi futbolçilarning avvalo, himoya çiziğimizni kuçaytirişi kerakligiga e'tibor qaratdik. Bu öz navbatida hujumçilarimizga ham işonç, ham erkinlik olib keldi»

«Kristal Pelas» öz darvozasini daxlsiz saqlay olişi uçun yana 6 öyin kerak böldi. Keyingi 16 öyinning oltitasida esa jamoa «quruq» öyin ötkazdi va bu öyinlarda ğalaba qozondi.   

2. MAYDONNING BIRINÇI YaRMIDA TÖP ÖTKAZMASLIK
«Premer Liga klublari bunday xatolarni keçirmaydilar. Orqada maksimum 4 futbolçi bölgan vaziyatda töpni yöqotasiz va raqibda tezkor hujum va darvozaga zarba beriş imkonini yaratasiz».

3. HUJUM BOŞLAŞDA FAQAT OLDINGA TÖP UZATING, ORQAGA VA YoNGA PAS BeRIŞDAN QOÇIŞ KeRAK
«Men faqat oldinga qarab öynaydigan futbolda tarbiya topganman. Agar oldinga töp uzatiş varianti bölsa, albatta öşani tanlaş kerak. Hatto eng yaxşi himoyaga ega bölgan jamoalarga qarşi öyinlarda ham, himoyadan hujumga tez ötilsa, gol uriş imkoniyati oşib ketadi. Haddan ziyod töp uzatmalarni amalga oşiriş raqibda öz himoyasini taşkillab, uni ötib bölmas devorga aylantirişiga şaroit yaratadi».

Rostan ham, «Katta Sem» jamoalari öyiniga e'tibor bersangiz, bu qoida işlaşiga guvoh bölamiz. Sönggi 5 yilni oladigan bölsak, u murabbiylik qilgan klublar umumiy paslar içida oldinga uzatilgan paslarning salmoği böyiça doim beşlikda bölgan.  

2012-13, «Vest Hem» - 46,7 foiz - 1-örin
2013-14, «Vest Hem» - 45,2 foiz - 1-örin
2014-15, «Vest Hem» - 43,7 foiz - 5-örin
2015-16, «Sanderlend» - 43,6 foiz - 2-örin;
2016-17, «Kristal Pelas» - 42,7 foiz - 2-örin

4. YuQORIDAGI HAR BIR TÖPNI EGALLAŞGA HARAKAT QILING
Uzun paslar bilan öyinda Ellardays qanotdagi insaydlarning markaziy hujumçi Kristian Bentekega yaqin bölişlari kerakligini aytadi.