Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sem Ellardays iste'foga chiqarildi
Foto: Squawka
«Everton» Sem Ellardaysni bosh murabbiylik lavozimidan iste'foga chiqardi.
Klub rasmiy saytida murabbiy ishdan ketgani rasman ma'lum qilingan. Shartnoma ikki tomon roziligiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilingan.
Ellardays «Everton»ga 2017 yil noyabrida Ronald Kuman o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangandi. U jamoani inqiroz holatida, 13-o‘rinda qabul qilib oldi va ketma-ket g‘alabalarga erishib, ishonchni oqlagandi. Ammo klub mavsum yakunida yana muvaffaqiyatsiz natijalar qayd eta boshladi va mavsumni APL turnir jadvalida 8-o‘rinda yakunladi.
U mersisaydliklar jamoasi boshqaruvida jami 26 o‘yin o‘tkazdi va 10 g‘alaba va 7 durangga erishdi, 9 marta mag‘lub bo‘ldi.
Bundan avvalroq, klub rahbariyati «Uotford»ning sobiq bosh murabbiyi Marku Silvani ishga taklif qilishi haqida xabarlar berilgandi.
Mavzuga oid
17:00 / 06.10.2025
Fransiyada siyosiy inqiroz: yangi hukumat 14 soatda iste’foga chiqdi
23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
19:15 / 14.07.2025