2017 yilning 11 sentabr kuni soat 17:42da Xonobod şahridagi yonğin xavfsizligi qismiga “Anhor” mahalla fuqarolar yiğinining Döstlik köçasida avtomaşina yonayotgani haqida xabar kelib tuşdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, yonğin öçiriş bölinmasi soat 17:44da voqea joyiga yetib kelgan va soat 17:50da yonğin öçirilgan. Yonğin oqibatida, 1984 yilda işlab çiqarilgan “Moskviç-2140” rusumli avtomaşinaning motor va salon qismi zararlangan. Yonğinning taxminiy sababi: avtomaşinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutaşuvi. Yonğinda kuyiş tan jarohatini olganlar yöq.

Foto: mvd.uz

“Bunday köngilsizliklarning oldini oliş maqsadida, haydovçilarga avtotransport vositalarini öz vaqtida texnik körikdan ötkazib turişlarini tavsiya qilamiz”, - deyiladi IIV xabarida.     

Foto: mvd.uz