Ramziya Turğunova va Aliya Yaminovalar (ism-familiyalar özgartirilgan) Xorazm viloyatidan kelib, Ohangaron tumanidagi xonadonlardan birida vaqtinça yaşab kelayotgan Gulida Mamatovaga özlarini uddaburon, barça muammolarni xamirdan qil suğurgandek oson bitirib beradigan qilib körsatişadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ular Gulida bilan suhbat jarayonida uni şu xonadonga röyxatga qöydirib berişga işontirişadi. “Içki işlar idorasida işonçli odamimiz bor”, deb uni aldaşadi. Ularning gaplariga işongan G.Mamatova avvaliga 1500 AQŞ dollarini ayollarga berib, işi hal bölişini kutadi. Biroq oradan bir neça oy vaqt ötsa-da, R.Turğunova va A.Yaminova bergan va'dalarini bajarişmaydi. Uning qönğiroqlariga turli bahonalarni rökaç qilib yuraveradilar.

Nihoyat, firibgarlardan sado çiqadi. Ular doimiy röyxatga qöyiş işlari hal bölguniça, G.Mamatovani vaqtinçalik röyxatga qöyadigan bölişdi. Bu iş ham şunçaki “rahmat”ga emas, balki 500 ming söm evaziga amalga oşiriladigan böldi.

Bu safar G.Mamatova huşyor böldi. Ikki ayolning noqonuniy qilmişlari haqida tegişli joyga ariza bilan murojaat qildi. R.Turğunova va A.Yaminova jabrlanuvçidan talab qilingan pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi. Sud ularning qilmişiga yaraşa jazo tayinlab, hukm çiqardi.