Soğliqni saqlaş vazirligi taklifiga binoan yurtimizda bölib turgan ukrainalik taniqli mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, professor Viktor Stepanenko Samarqand şahrida bölib, teri-tanosil kasalliklari böyiça mahorat darslari ötkazdi, deb yozadi viloyatning «Zarafşon» gazetasi.

Viloyat OITSga qarşi kuraşiş markazida taşkil etilgan tadbirda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi, şahar va tumanlar tibbiyot birlaşmalarining teri-tanosil kasalliklari böyiça mutaxassislari iştirok etdi.

— Toşkent şahrida ötkazilgan VII xalqaro dermatovenerologlar s'yezdida iştirok etdim, — deydi A.A.Bogomolts nomidagi Ukraina milliy tibbiyot universiteti dermatologiya va venerologiya kafedrasi mudiri, professor Viktor Stepanenko. — Jahonning turli davlatlaridan kelgan dermatolog va venerolog mutaxassislar uşbu kasallikning muammolari, uni bartaraf etiş yöllarini izlaşdi. Teri-tanosil kasalliklarini davolaş borasida özaro tajriba almaşişdi. Özbekistonlik şifokorlar tajribasi kam emas. Ular olib borgan ilmiy işlar bilan tanişib, boşqalarga örnak böladigan jihatlardan xursand böldim.

Ukrainalik olim mutaxassislarimizning turli yuqumli kasalliklarni davolaş, profilaktika qiliş borasidagi savollariga javob berdi.