Apple kompaniyasi nima uçun iPhone X taqdimoti paytida smartfonni bir urinişda yuz skaneri yordamida blokdan yeça olinmaganiga izoh berdi. Yahoo Finance şu haqida xabar berdi.
Korporatsiya vakilining sözlariga köra, Face ID taqdimot marosimida töğri işlagan. Dasturiy ta'minotni işlab çiqariş böyiça Apple vitse-prezidentining smartfonni tezda blokdan yeça olmaganiga xavfsizlik tizimi xususiyatlari sabab bölgan. Foydalanuvçining yuzini tanişga doir ikki muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin smartfon PIN-kod söraydi. Touch ID barmoq izlari skaneri faoliyatida ham şunday çeklovlar bor, biroq parolni beş marta nomuvofiqlikdan keyin kiritiş kerak böladi.
"Taqdimot sahnasiga tayyorgarlik vaqtida Phone X qurilmasi Face ID yordamida işçilarning yuzini aniqlaşga harakat qilgan. Bir neça muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin tizim qilişi kerak bölgan işni qilgan - PIN-kod kiritişni söragan", - deya sözlaydi jurnalist Devid Pog Apple xodimlari bilan muloqotdan söng.
Yangi smartfon namoyişi davomida Federigi smartfonni yuz skaneri yordamida blokdan yeçişga harakat qilgan. Biroq u birinçi urinişdayoq qurilmaga kirişni amalga oşira olmagan va natijada şoşilinçda telefonni özgartirişga töğri kelgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizğin bahs-munozaralarga va Face ID'ning notöğri baholanişiga sabab böldi.
Apple 12 sentabr kuni yangi Face ID himoya tizimini namoyiş qildi. U infraqizil skanerlaş usuliga asoslangan. Kompaniya vakillarining sözlariga köra, Face ID qoronğuda va hatto smartfon egasi boşiga qalpoq kiyib olgan taqdirda ham uni taniy oladi.












