Malayziya boş vaziri Najib Razzoq Myanmadagi rohingya musulmonlari bilan boğliq vaziyatni “genotsid va etnik tozalaş” deb atadi. Channel NewsAsia telekanalining xabar berişiça, hukumat rahbari bu haqda Vaşingtondagi strategik va xalqaro tadqiqotlar Markazidagi nutqi davomida ma'lum qilgan.

"Ularga qarşi sodir etilayotgan vahşiyona jinoyatlarni genotsid yoki etnik tozalaş, deb ataş mumkin", - deya ta'kidlab ötdi u. Uning sözlariga köra, "jahon hamjamiyati u yerda yuz berayotgan hodisalarga e'tiborsizlik bilan munosabatda bölişi mumkin emas".

Boş vazirning aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan rohingya musulmonlari muammosini muhokama qilgan. Tramp, Najibning aniqlik kiritişiça, "Malayziya hukumati taşvişiga şerik bölgan". "Albatta, men Amerika hukumati aynan nima qilişi mumkinligini ayta olmayman, biroq Vaşingtonda Myanmada istiqomat qiluvçilarga gumanitar yordam körsatiş borasida aniq pozitsiya bor", - deya ta'kidlab ötgan boş vazir.

Avvalroq Malayziya hukumati vakili Myanmadan jahon hamjamiyati e'tiroziga quloq tutişni talab qilgandi.