Facebook rahbari 2015 yilni adabiyot yili sifatida qayd etdi. Mark Tsukerberg 365 kun mobaynida mediaparhezga rioya qildi va oyiga kamida ikki kitobdan mutolaa qilişga harakat qildi. Agar ilmiy adabiyotni yaxşi körsangiz, quyidagi kitoblarga e'tiboringizni qaratişingiz mumkin:
1. «Sapiens. Insoniyatning qisqa tarixi», Yuval Noy Xarari

"Yuz ming yil ilgari Yerda odamlarning olti turi bölgan. Yuval Noy Xararining kitobi qanday qilib Homo sapiens'ning omon qolgani va hozirgi rivojlaniş bosqiçiga yetib kelgani haqida söz yuritadi.
"Sapiens'da menga inson hayotida din evolyutsiyasi haqidagi bob yoqadi. Bu men çuqurlaşişni istagan mavzu", - deb yozadi Tsukerberg A Year of Books sahifasida.
2. «On Immunity», Eula Biss

Yevropa va AQŞda emlaşga qarşi ijtimoiy harakatning maşhurligi Eulu Bissni emlaşning haqiqiy foydasini örganişga undadi. U tadqiqotlar natijalarini 2014 yilda «On Immunity» kitobida bayon qildi. Bu kitobni Tsukerbergga olimlar va soğliqni saqlaş sohasida işlovçi döstlari tavsiya qilişgan.
«On Immunity» emlaşga qarşi kişilar bilan dalillarga asoslanib bahsga kirişadi va bu jarayonning naqadar muhimligi, ularning qanday qilib odamlarni yuqumli kasalliklardan himoyalaşi va mustahkam salomatlik asosi ekani haqida söz yuritadi.
3. «Öyinçi», Ien Benks

Ien Benks tomonidan 1988 yilda yozilgan «Öyinçi» - ilmiy-fantastik roman. Bu asar insoniyat Koinotni zabt etgan va superintellektual robotlar tufayli ertaknamo boylikni qölga kiritgan taqdirda nimalar röy berişi mumkinligi haqida sözlaydi.
Tsukerberg ilmiy fantastika muxlisi emas. Uning sözlariga köra, «Öyinçi» şaroitlarni özgartiriş va sobiq odatlardan voz keçiş maqsadida öqiş uçun tanlangan. Facebook rahbarining bu tavsiyasiga Tesla va SpaceX CEO'si Ilon Mask ham qöşilib qoladi.
4. «Ilmiy inqiloblar tuzilmasi», Tomas Kun

Birinçi marta 1962 yilda çop etilgan «Ilmiy inqiloblar tuzilmasi» ilmiy-texnik taraqqiyotning jamoatçilik hayotiga ta'sir körsatişi ğoyasini ilgari suradi. Şuningdek Tomas Kun ilmiy bilim ilmiy inqiloblar orqali rivojlanadi, deb hisoblaydi. Bu kitob — ilm-fan, jamiyat va ularning özaro ta'siri haqida.
"Öylaşimça, ilm-fan — bu dunyoda yaxşilik uçun kuraşuvçi kuç. Ilm-fanga sarmoya kiritiş va ilmiy tadqiqotlar asosidagi xatti-harakatlar barçamizga foyda keltiradi", - deya fikr bildirgan Tsukerberg.
5. «Genom», Mett Ridli

Mett Ridlining «Genom» kitobi eng yangi tarixdagi eng muhim kaşfiyotlardan biri - inson genomini xaritalaş haqida sözlaydi. Qaysi genlar muayyan kasalliklarni va ularga moyillikni keltirib çiqarişini aniqlay oliş xususiyati olimlarning inson organizmini tadqiq qilişi va şifkorlarning davolaş tizimini tubdan özgartirdi.
"Bu kitob insoniyat tarixini sotsiologiya emas, genetika nuqtai nazaridan hikoya qiladi", - deb yozadi Tsukerberg.
6. «Poyonsizlikning boşlanişi», Devid Doyç

2015 yilda Mark Tsukerberg tomonidan öqib çiqilgan oxirgi kitob. Britaniyalik nazariy fizik Devid Doyçning işonç bilan ta'kidlaşiça, dunyo nafaqat sirlarga, balki fatx qilinişini kutib yotgan javoblarga ham töla. Muallif öz kitobida ilmiy uslub deyarli barça haqiqatni foş qilişi mumkinligi haqida söz yuritadi. Undan nafaqt ilm-fanda, balki siyosatda ham foydalaniş mumkin.












