5 sentabrdan Özbekiston Respublikasi böylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilişi yölga qöyilganidan buyon tijorat banklarida aholi jami 200 million dollarga yaqin mablağni sömga almaştirgan. Şuningdek, ötgan vaqt içida 100 million dollarga yaqin mablağ boşqa hamkorlar - yuridik şaxslardan sotib olingan. Bu haqda bugun, 14 sentabr kuni Özbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani vaqtida Markaziy bank raisi birinçi örinbosari Temur Aminjonoviç Işmetov ma'lum qildi.
U bu kutilganidan yaxşiroq natija ekanini qayd etib ötgan.
Anjumanda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining Markaziy bank raisi örinbosariga asoslanib xabar qilişiça, erkin konvertatsiyaga bir yil davomida tayyorgarlik körilgan, ötgan yilning sentabridayoq bu boradagi işlar boşlangandi.
Işmetov valyuta almaştirişda heç qanday çeklovlar yöqligini, valyuta almaştirişda ma'lum miqdorlar örnatilgani haqidagi gaplar asossiz ekani va naqd pul yetişmovçiligi kuzatilmasligini ta'kidlagan. U şuningdek, erkin konvertatsiya inflyatsiyaga sabab bölmasligi, narxlar kötarilişi konvertatsiya bilan boğliq bölmasligini qöşimça qilgan.












