14 sentabr kuni Toşkent şahrida Markaziy bank (MB)tomonidan birinçi marta yangi formatdagi tadbir taşkil etildi. Tadbir mavzusi "Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar" böldi. Unda Markaziy bank raisining birinçi örinbosari T.A.Işmetov, MB rais örinbosari B.E.Zohidov, MB Monitor siyosat departamenti direktori I.I.Norqulov hamda ommaviy axborot vositalari iştirok etişdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
MB raisining birinçi örinbosari Temur Işmetov valyuta kursi bir yil davomida amalga oşirilgan hisob-kitoblardan kelib çiqib belgilanganini, bu borada "Yetti ölçab, bir kes" maqoliga amal qilinganini ma'lum qildi.
"Boşlanğiç kurs 8100 söm etib belgilangan bölsa-da, bundan keyin valyuta kursi talab va taklifdan kelib çiqib özgarib turadi, zero valyuta mablağlari bozorda şakllanadi. Butun dunyoda valyuta kursi şunday özgarib turadi. Boşlanğiç kurs 8100 bölgan bölsa, undan keyingi kunlarda biroz pasaydi", - dedi T.Işmetov.
Anjumanda ta'kidlanişiça, valyuta ayirboşlaş böyiça bir hafta içida ijobiy natijalarga erişilgan - şu kunga qadar aholidan 200 million dollarga yaqin, eksportçilardan taxminan 100 million dollar mablağ topşirilgan. 100 milliondan ortiq mablağlar taşkilotlarga taqsimlangan.
"Hisob-kitoblar şuni körsatdiki, hozirgi jarayonlar davlatga faqat foyda keltiradi, aks holda iqtisodiy rivojlaniş bölmaydi, orqada qolinadi", - deydi MB raisi örinbosari.
Kursni prognoz qiliş mumkinmi?
"Kursning kelajagini prognoz qiliş juda qiyin, çunki bunga ta'sir qiluvçi köplab içki va taşqi omillar mavjud. Içki omilni boşqariş imkoni bor, biroq taşqi omil davlatning, Markaziy bankning özigagina emas, balki boşqa mamlakatlarga ham boğliq", - deydi mutaxassis.












