Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan Tayloq tuman hokimligining amaliy yordami asosida tuman hokimligi binosida tumanda faoliyat körsatuvçi tadbirkorlar, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari, fermerlar hamda tumanning mutasaddi va manfaatdor idoralarining rahbar va mutaxassislari iştirokida uçraşuv ötkazildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirni oçar ekan, Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi boşliği örinbosari J.Kodirov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqidagi iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, raqobatdoş mahsulotlar işlab çiqariş, mamlakatimizning eksport salohiyatini oşiriş va şu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam örin egallaş borasida ötgan qisqa davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari doirasida ming¬lab loyihalar amalga oşirilib, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy zavod va fabrikalar barpo etilayotganligiga oid fikrlaridan iqtiboslar keltirdi.
Uçraşuvda tumanda faoliyat körsatuvçi köpçilik tadbirkorlik sub'yektlari qatnaşayotganligi qayd etilib, respublikada kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda qöllab-quvvatlaş maqsadida yaqin vaqtlarda qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tuşuntirib berildi.
Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi boşliq örinbosari J.Kodirov viloyatda amalga oşirilgan eksport yuzasidan ma'lumot taqdim etdi.
Ta'kidlanganidek, Samarqand viloyatining taşqi savdo aylanuvi 145 mln AQŞ dollaridan ortib, ötgan yilga nisbatan 2,39 %ga köpaygan.
Eksport qilingan tovarlarning asosiy qismini ya'ni 38 foizini qişloq xöjaligi mahsulotlari, 11,5 foizini gilam, 10,4 foizini paxta tolasi taşkil qildi. Undan keyingi örinlarni esa qayta işlangan oziq-ovqat mahsulotlari, töqimaçilik mahsulotlari va avtotransport vositalari band qilgan.
Respublikada tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş jarayonida qöllaniladigan imtiyoz va preferensiyalar, hamda işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş borasida bojxona organlarida yaratilgan qulayliklar töğrisida ham tadbirda ma'lumotlar taqdim qilindi.
Uçraşuvda faoliyat körsatuvçi tadbirkorlar tomonidan berilgan bojxona sohasi böyiça berilgan savollari yuzasidan viloyat bojxona boşqarmasi boşliği örinbosari J.Kodirov me'yoriy hujjatlarga asoslangan javob, tuşuntirişlar berib, viloyat bojxona boşqarmasiga 233-63-00 raqamli “Işonç telefoni” orqali murojaat etişi mumkinligini qayd qilib ötdi.











