Ukrainaning 2018 yilgi davlat byudjyeti loyihasida mamlakatning xavfsizligi va mudofaasiga 163 mlrd griven (6,269 mlrd dollar) ajratiş közda tutilgan bölib, bu ötgan yilga nisbatan 20 mlrd griven yoki 12 foizga köproqdir. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Prezidentning ta'kidlaşiça, milliy xavfsizlik strategiyasida mudofaa va xavfsizlik sektorini yalpi içki mahsulotning kamida 5 foizi miqdorida moliyalaştiriş közda tutilgan. Ukraina vazirlar mahkamasining takliflariga köra, 2018 yilda milliy xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlariga 163 mlrd griven yönaltiriş rejalaştirilmoqda”, deb ma'lum qilingan xabarda.
2017 yilgi Ukraina davlat byudjyetida mudofaa va xavfsizlik sektorini moliyalaştirişga 136 mlrd griven yoki YaIMning 5 foizi közda tutilgan.












