12 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining kam ta'minlangan qatlamini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3268 sonli qarori qabul qilindi.
Prezident Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari fondiga mamlakatning barça viloyatlarida, ayniqsa, qişloq joylar va çekka hududlarda band bölmagan fuqarolarni jamoat işlariga keng jalb qiliş böyiça bir qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasini topşirdi.
Jamoat işlari aholi punktlarini, mahallalarni obodonlaştiriş, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalaş, uy-joy kommunal xöjaligi obektlarini ta'mirlaş, infratuzilmani yaxşilaş, yöllar va köçalar, turar-joy binolari va unga tutaş hududlarni ta'mirlaş, şuningdek, qişloq xöjaligi işlarini öz içiga oladi.
Band bölmagan aholini 2017 yilning 1 oktabridan – Qoraqalpoğistonning, har bir viloyatning va Toşkent şahrining bir tumanida tajriba sifatida jalb etiş közda tutilgan. 2018 yil 1 yanvardan boşlab uşbu amaliyotni bosqiçma-bosqiç respublikaning barça viloyatlari va şaharlarida amalga oşiriş boşlanadi.
2017 yilda Moliya vazirligi tomonidan jamoat işlarini taşkil etiş va ötkaziş uçun fondga 84 mlrd. söm, 2018 yilda esa 714 mlrd. söm ajratiladi.
Jamoat işlariga jalb etiladigan jismoniy şaxslar daromad soliğidan ozod etiladi.












