Adliya vazirligi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tuzatişlarning tegişli loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Bugungi kunda jinoyat qurollari, kimga tegişliligidan qat'i nazar, musodara qilinişi kerak va tegişli muassasalarga topşiriladi yoki yöq qilib yuboriladi.
Amaliyotda bu jinoiy faoliyatga daxli yöq mulkdorlarning mol-mulkini (masalan, ijaraga beruvçilar yoki xizmat mol-mulki mulkdorlari) musodara qilişga olib kelişi mumkin. Bu, öz navbatida, “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonunga ziddir.
Şu munosabat bilan, JPK 211-moddasida quyidagi jihatlarni aniqlaştiriş taklif etilmoqda:
• gumon qilinuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçi yoki mahkumga tegişli jinoyat qurollari musodara qilinişi, tegişli muassasalarga berilişi yoki yöq qilinişi kerak;
• yuqorida körsatilgan sub'yektlarga tegişli bölmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, şuningdek merosxörlariga qaytariladi;
• qonuniy egalari, mulkdorlari, ularning huquq vorislari yoki merosxörlarini aniqlaşning imkoni bölmasa, mol-mulk davlat daromadiga ötkaziladi.
Bundan taşqari, MJtK 27-moddasida huquqbuzarning mulki hisoblanmaydigan predmetlar musodara qilinmasligi, bundan muomaladan olib qöyilgan aşyolar mustasno ekanligini aniqlaştiriş taklif qilinmoqda.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.












