17 ta davlat aksildoping agentligi rahbarlari Xalqaro Olimpiya qömitasiga rossiyalik sportçilarga Janubiy Koreyaning Pxençxan şahrida 2018 yili ötkaziladigan qişki Olimpiya öyinlarida iştirok etişni taqiqlaş çaqiriği bilan murojaat qilişdi. Çaqiriqni imzolaganlar orasida AQŞ, Kanada va Buyuk Britaniya vakillari bor.
“Ayni vaqtda rossiyalik sportçilar tomondan taqiqlangan vositalarning qabul qilinişini sinçkov tergov qilişning imkoni yöq. Şu sababli Pxençxandagi öyinlarda “toza” atletlar uçun xavf tuğilişi mumkin. Rossiyalik sportçilar Soçidagi Olimpiadada doping qöllaşganini bilvosita isbotlovçi köplab dalillar mavjud, biroq bu holatning töliq tergovi hanuzgaça ötkazilmagan. Şu sababli Pxençxandagi öyinlarning “tozaligi” xavf ostida qolmoqda. Bizni şuningdek oxirgi 4 yil içida rossiyalik sportçilar yetarliça miqdorda doping-sinovlardan ötmaganlari ham xavotirga solmoqda”, deyilgan xabarda.
Butunjahon aksildoping agentligining Riçard Maklaren boşçiligidagi mustaqil komissiyasi Rossiyadagi dopingga bağişlangan ikkita hisobot tayyorlagandi. Kanadalik mutaxassis Maklarenning fikriça, Rossiyada köplab sport turlarini qamrab oluvçi va davlat tomondan qöllab-quvvatlanuvçi doping tizimi mavjud. Uning aytişiça, şu sababli Rossiya terma jamoasi Soçidagi Olimpiadada köplab doping-sinovlarini almaştirib, rossiyalik sportçilar tomondan doping qöllangani holatlarini yaşirişga muvaffaq bölgan.
XOQ bu hisobotlar çop etilgandan keyin bir neça önlab rossiyaliklarni Riodagi Olimpiadada iştirok etişdan çetlatgandi.
Avgust boşida XOQ prezidenti Tomas Bax olimlar doping-sinovlar uçun probirkalar oçilgan bölişi mumkinligini aniqlaşning usulini topişganini ma'lum qilgan. Bu usul Soçidagi Olimpiadada probirkalar bilan turli firibgarliklar amalga oşirilganini isbotlaşda yoki rad etişda yordam berişi kerak.
Uşbu holat tergovi yakunlangandan keyin XOQ Rossiya termasining 2018 yilgi Olimpiadada iştirok etişi masalasini hal qiladi. Uşbu qaror noyabrdan keç bölmagan muddatda e'lon qilinişi kerak, çunki bu vaqtda barça sport turlarida qişki mavsum boşlanadi.












