Bugun Yevropa Ligasiga start beriladi. Bu turnirning xurmati baland, «Mançester Yunayted» muxlislari buni tasdiqlaşlari mumkin. Axir aynan mana şu turnirdagi ğalaba yakunda Joze Mourinoni tanqidlardan asrab qoldi, yozgi transfer bozoriga ta'sir ötkazdi va hokazo.
Bugun boşlanayotgan navbatdagi mavsumda ham, aynan YeÇL yöllanmasini ham könglining bir çekkasiga qöyib, poygani boşlayotgan jamoalar bor: «Milan», «Arsenal», «Everton», «Latsio», «Vilyarreal» va boşqalar şular jumlasidan. E'tiboringizga bugun köriş şart bölgan 5 uçraşuvni taqdim etamiz. Albatta, didga qarab, boşqa öyinlar ham bor.
ATALANTA – EVeRTON (22:00, Matç! Futbol 1)
Yevropa Ligasi guruhlari içida e'tibor qaratişga molik guruhlardan biri. Sababi, bu guruhdagi tört jamoaning uçtasi kuçli beşlik çempionati vakillaridir. Yozda bir qator e'tiborli xaridlarni amalga oşirgan inglizlar rivojlaniş yölida keyingi bosqiçga qadam taşlaşlari uçun Çempionlar Ligasi yöllanmasi kerak bölib turibdi. APLdagi raqobatdan kelib çiqib, liverpulliklar bu turnirga ham kattaroq e'tibor qaratişlari haqiqatga yaqin.
«Atalanta» – A Seriyaning çaqilmas yonğoqlaridan biri. 27 yillik tanaffusdan söng, yevrokuboklarga qaytiş mezbonlar uçun alohida bayram bölsa kerak.
HeRTA – ATLeTIK (23:59, Matç! Futbol 3)
Kuçli beşlik çempionatlari vakillaridan taşkil topgan yana bir juftlik. Har ikki jamoa ham öz çempionatlarini yomon boşlaşmadi. Mezbonlar tarkibida yangi yulduz Metyu Lekkiga alohida e'tibor qaratişingizni tavsiya qilamiz – avstraliyalik yarim himoyaçi yangi jamoada ham özini körsatişni boşladi va uç öyinda uçta gol urişga ham ulgurdi.
Uşbu guruhdan Ukraina va Şvetsiya vakillari örin olganlar. «Herta» va «Atletik»ni bemalol guruh favoritlari sifatida qayd etiş mumkin.
ARSeNAL – KYoLN (23:59, Matç! Futbol 1)
«Arsenal» bu turnir uçun yaraşmay turgan bölsa-da, aslida u qadar begona emas. 1999/00 yilgi mavsum UYeFA kubogi finalida Venger şogirdlari «Galatasaroy»ga qarşi maydonga tuşib, mağlubiyatga uçragandi. Şundan beri YeÇLda muntazam iştirok etib kelgan londonliklar bu mavsum Yevropa Ligasida ğolib çiqişga harakat qilib körişadi.
Umuman olganda, Angliyada 6-7ta top klublarning hosil bölayotganini e'tiborga olsak, har yili Yevropa Ligasi mavsumida mana şunday jamoalarni körişga örganib qolsak kerak.











