Toşkentlik Ahror Valiyev (ism-familiyalar özgartirilgan) qarindoşi Ravşan Zufarov bilan sudning qora kursisidan joy olişga majbur böldi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Xullas, qarindoşlar gapni bir yerga qöyişdi-da, bölib tölaş şarti bilan yakka tartibdagi tadbirkor “Rahimov A.N.” dökonidan Ravşan Zufarovning nomiga televizor xarid qilişga kelişişadi. Buning uçun A.Valiyev R.Zufarov «Agro max global» MÇJda işlaşi haqidagi, şuningdek, uning oylik iş haqi töğrisidagi ma'lumotlarni qalbakilaştirib, hujjatlarni dökonga taqdim qiladi. Televizor qiymatining 25 foizini tölagaç, ular bahosi 6 million 673 ming sömlik televizorni olib ketişadi. R.Zufarov dastlabki tört oy davomida pullarni tölab turdi, keyin esa qarzini tölaşni “unutib” qöyadi.

Oson yöl bilan televizorli bölib olgan R.Zufarov vaqtni ötkazmay, tanişi Davron Hojiyevni ham “iş”ga soladi. Unga özi televizor olgan manzilni tuşuntirib, yöl-yöriq körsatadi. Qarabsizki, hujjatlarni qalbakilaştiriş yöli bilan 4 million 723 ming sömlik televizorni dökondan olib çiqqan R.Zufarov uni Ahror Valiyevga berib yuboradi.

Oradan köp ötmay firibgarlar boşqa bir dökonni nişonga olişadi. Bu safar ham eski usulni qöllab, hujjatlarni qalbakilaştirişadi-da, 7 million sömlik televizor bilan 3 million 200 ming sömlik telefon apparatini qölga kiritişadi. R.Zufarov telefon apparatini özida olib qolib, televizorni esa A.Valiyevga “hadya” qilib yuboradi.

Keyinçalik esa yana boşqa bir şaxsning nomiga qalbaki hujjat tayyorlab, qiymati 4 million 651 ming sömlik televizor xarid qilinadi. Tabiiyki, bu holatlarda ham kredit töliq qaytarilmaydi. Maişiy texnika buyumlari esa Ahror Valiyev tomonidan sotib yuboriladi.

Molidan ayrilib qolayotgan dökon egalari bu haqda tegişli organlarga ariza bilan murojaat qilişga majbur bölişadi.

Sud tomonidan ularning har biriga qilmişiga yaraşa jazo tayinlandi. Şuningdek, sudlanuvçilar R.Zufarov hamda A.Valiyevdan jabrlanuvçilar foydasiga yetkazilgan moddiy zarar undirilişi belgilandi.