Yaponiyalik dilerlar Mazda kompaniyasining yangi CX-8 uç qatorli yöltanlamasi uçun buyurtmalar qabul qilişni boşladi, «jonli» savdolar qişda start oladi.

Mazda’ning yangi CX-8 yöltanlamasi uy bozori uçun maxsus işlab çiqilgan. Norasmiy ma'lumotlarga köra, u CX-9 kabi negizda yaratilgan. Ta'kidlab ötiş lozim, Yaponiyada «töqqiztalik» sotilmaydi.

Yangilikning uzunligi 4 900 mm, kengligi - 1 840 mm, balandligi esa - 1 730 mm.ga teng, ğildirak bazasi ölçami 2 930 mm.ni taşkil etadi. Krossover olti yoki yetti örinli nusxada taklif qilinadi. Yukxonaning minimal hajmi - 239 litr, agarda örindiqlarni uç qatorga birlaştirsa, bu körsatkiç 572 litrga qadar oşadi.

Yöltanlamas quvvati 190 ot kuçiga ega bölgan modernizatsiyalangan dizelli SkyActive-D 2.2 bilan jihozlanadi. Motor olti diapazonli «avtomat»ga uyğunlaşadi. Uzatma – oldingi yoki töla.

Mazda CX-8 uskunalari röyxatiga nusxaga köra quyidagilar kirişi mumkin: nur diodli adaptiv faralar, 17 yoki 19 dyuymli disklar, teri bilan qoplangan salon, sensorli ekranga ega multimediya majmui, aylanma videoköriş, yöl belgilarini farqlaş, tezkorlik bilan avtomatik töxtaş, egallangan polosadan çiqib ketayotgani haqida ogohlantiriş, «zaif» zonalarni kuzatib boriş tizimlari.

Şuningdek, CX-8’ning barça nusxalarida G-Vectoring Control (GVC) tizimi bor.

Yaponiyada yangi yöltanlamas uçun buyurtmalarni qabul qiliş boşlandi, narxi - 3 196 800 iyena. Savdolar dekabrda boşlanadi, kompaniya har oyda 1 200 ta şunday avtomobilni işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Yangi avtomaşina mamlakatdan taşqarida paydo bölmaydi.