14 sentabr kuni Toşkentning Radisson Blu mehmonxonasida Rieter kompaniyasi bilan hamkorlikda "Modalar toladan boşlanadi" nomli simpozium taşkil etildi. Simpoziumda xorijlik mehmonlar, yengil sanoat sohasining vakillari, tekstil korxonalari va talabalar iştirok etişdi. 

Rieter dunyodagi eng yetakçi tekstil asbob-uskunalari işlab çiqaruvçi kompaniya bölib, 1975 yilda taşkil topgan. Kompaniya eng yuqori standartlarga tölaqonli javob beradi, işlab çiqariş quvvati esa ISO-9001 standarti böyiça sertifikatlaştirilgan. 

Rieter'ning Özbekistondagi faoliyati özgaça ahamiyatga ega. Sönggi 5 yil içida tola işlab çiqaruvçi 30 korxona Rieter mahsulotini sotib oldi. 20dan ortiq loyihalar esa kompaniya uskunalarini sotib oliş maqsadida davlat dasturiga kiritilgan. 

Simpozium davomida tola işlab çiqariş böyiça erişilgan yutuq va texnologik amaliyotlar namoyiş etildi. Şuningdek, 2011 yilda taşkil qilingan "Rieter Uzbekistan" korxonasining faoliyati haqida ham ma'lumotlar berildi. Korxonada lentali, kardli va ip yigiruvçi uskunalar işlab çiqariladi. Trening markazida esa mijozlarga kerakli maslahatlar, könikmalar berib boriladi.  

Bugungi kunda Özbekistondagi Rieter korxonasi  1 milliard dollar qiymatidagi ip mahsulotlarini Turkiya, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilmoqda. 

Alişer Qahhorov, Art-Textile kompaniyasi direktori: 

"Bugungi tadbirni ötkazişdan közlangan maqsad Şveytsariyaning Rieter kompaniyasi hamda Özbekiston yengil sanoat korxonalari vakillari örtasida uçraşuv ötkazib, sohada yuz berayotgan eng sönggi yangiliklardan boxabar qiliş, yangi, zamonaviy texnik uskunalar bilan taniştirişdan iborat. Respublikamizning 12 viloyatidan 125dan ortiq işlab çiqaruvlar mazkur tadbirda iştirok etişmoqda. Hozirgi kunda Özbekistonning 600-700 ming tonna paxta tolasi  Şveytsariyaning Rieter uskunalarida işlab çiqariladi. Şu sababli, mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiliş muhim ahamiyat kasb etadi".

Ma'lum bölişiça, yaqin kunlarda zamonaviy tuksiz ip (kompakt tekstil) işlab çiqaradigan yangi texnologiyani Özbekistonda joriy qiliş rejalaştirilgan.