Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni töqimaçilik va çarm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Qayd qilinişiça, bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda katta öringa ega. Xususan, bunday korxonalarda 430 ming fuqaro iş bilan ta’minlangan. Yengil sanoatning jami işlab çiqarişdagi uluşi 14 foizni, eksportda 16 foizni taşkil qiladi.
Ta’kidlanişiça, taşqi bozordagi vaziyat özgargan: eksport narxlari ip kalavada 9 foizga, gazlamada 15 foizga, tayyor mahsulotda 13 foizga tuşgan. Asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot oliş kamaygan.
Yiğilişda bu vaziyatga moslaşib işlaş, içki imkoniyatlarni töliq safarbar etiş çoralari muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, yanvar-noyabr oylarida töqimaçilik eksporti 2,6 milliard dollarni taşkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oşiriş mumkinligi ta’kidlandi.
Jahon bozorida tola narxi pasayib borayotgan şaroitda tola va ip kalavani çuqur qayta işlaşni köpaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Buning uçun mato işlab çiqariş va böyaş korxonalarini qöşimça qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi. Bu orqali ip kalavani qayta işlaş darajasini 70 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Şu bilan birga, bu yil qöy va eçki terisi eksportidan 10 foizlik yiğim bekor qilingani natijasida 3 million dollarlik eksport şartnomalari tuzilgan. Buni kelasi yil ham davom ettirib, eksportni oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Çarm sanoati korxonalarini xomaşyo bilan uzluksiz ta’minlaş çoralari va kelgusidagi rejalar böyiça mas’ullarning hisoboti eşitildi.
Çarm sanoatida biçuvçi, tikuvçi, kosib kabi örta böğin kadrlari yetişmayotgani, bu yönalişda yiliga bor-yöği 167 nafar mutaxassis tayyorlangani körsatib ötildi. Şu bois, poyabzal işlab çiqariş rivojlangan Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand va Toşkent viloyatlaridagi yetakçi korxonalarni texnikumlarga boğlab, «dual ta’lim»ni yölga qöyiş zarurligi aytildi.
Yiğilişda kelgusi yilga möljallangan rejalar haqida ham axborot berildi.
Qayd etilganidek, yengil sanoat tarmoğiga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oşiriş hamda 25 mingta iş örni yaratiş közda tutilgan. Töqimaçilik mahsulotlari eksportini 4 milliard dollarga, çarm mahsulotlari eksportini 250 million dollarga olib çiqiş maqsad qilingan.

















