Yamaykada ayni vaqtda sayyoramizning eng keksa insoni hisoblangan 117 yoşli Vayolet Moss Braun vafot etdi. Bu haqda 16 sentabrda tvitterda Yamayka boş vaziri Endryu Xolness ma'lum qildi. 

Vayolet Moss Braun bungaça eng keksa inson deb hisoblangan, 1900 yilda tuğilgan italiyalik Emma Moran vafotidan keyin 2017 yil aprelda sayyoramizning eng keksa insoni deb tan olingandi.

Braun 1900 yil 10 martda Trelonida tavallud topgan. 2010 yilda ayol mahalliy naşrga bergan intervyusida çöçqa va tovuq göşti yemasligini, spirtli içimlik içmasligini aytgandi. “Işonasizmi, men gohida özimdan sörayman: men haqiqatan ham 110 yoşdamanmi? Çunki men özimni 110 yoşdek his qilmayman”, deb aytgandi öşanda momo. 2017 yil 26 iyulda ayol tarixdagi eng keksa odamlar röyxatida 5-örinni egallagandi. 

Foto: AP