Soat 11:00larda Yakkasaroy tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan birining yoniga kelib töxtagan avtomaşinadan uç nafar yigit tuşdi. Ular yon-atrofga alanglab, köça kimsasiz ekanligiga işonç hosil qilişgaç, yigitlardan biri maşinani boşqarib kelgan şerigiga yuzlandi, deb yozadi "Huquq" gazetasi.
- Said aka, siz şu yerda bizni kutib turasiz. Men Orif bilan içkariga kiraman. Agar biror gap bölsa, xabar qilasiz. Qölga tuşib qolsak, bir-birimizni tanimaymiz.
- Mayli, omadinglarni bersin...
Saidni avtomaşina yonida qoldirgan Yorqin (ism-familiyalar özgartirilgan) Orif bilan uy tomon yöl olişdi. Ikkinçi qavatga kötarilişgaç, yuzlariga özlari bilan olib kelgan niqoblarni kiyişdi. Söngra Orif eşik qönğiroğini bosdi. Eşikni oçgan yoşgina bolakay salom berişga ham ulgurmadi. Bosqinçilar özlarini içkariga urişdi.
Farzandlari bilan singlisinikiga mehmonga kelgan D.Hakimova ostonada paydo bölgan niqobli kimsalarni körib, esini yöqotayozdi. U ovoz çiqarişga ham ulgurmadi. Bosqinçilardan biri öğliga piçoq tirab, yotoqxona eşigini oçib berişni söradi. U kalit qayerdaligini bilmasligini aytgan edi, jinoyatçi jahl bilan ularni turtib, zalga olib kirdi. Öğliga piçoq öqtalgani esa ularga qimirlamay ötirişni buyurdi. Şerigi esa yotoqxona eşigini buzişga kirişdi. U eşikni oçgaç, içkariga kirib, xonani titkilay boşladi. Birozdan keyin şoşilib çiqdi va şerigiga “böl” deya işora qildi. Ular zumda ayol bilan farzandlarining qöllarini, baqirmasliklari uçun oğizlarini ham skotçlab taşladilar-da, voqea joyidan ğoyib bölişdi.
Farzandlari yordamida bandilikdan xalos bölgan ayol şu zahoti singlisiga qönğiroq qildi. U ham vaqtni ötkazmay, içki işlar idorasiga qönğiroq qilib, bölib ötgan voqea haqida xabar berdi... Olib borilgan tezkor sa'y-harakatlar öz samarasini berib, bosqinçilar qölga olindi.
Köçada “köz-quloq” bölib turgan Said Sardorov şeriklari – özidan 11-12 yoş kiçkina bölgan yigitlarni bu jinoyatdan qaytariş, töğri yöl körsatiş örniga ularga şerik bölgani afsuslanarlidir.
Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi tomonidan bosqinçilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Şuningdek, ulardan jabrlanuvçiga yetkazilgan zararni undiriş ham belgilandi.












