Kun.uz saytida 14 sentabr kuni Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining «Qora oltin» vasvasasi sarlavhali maqolasi naşr qilingaç, öquvçilardan e'tirozli munosabatlar kela boşladi. Maqolada neft va yoqilği-moylaş mahsulotlari mamlakat hududida noqonuniy aylanişi böyiça uçrayotgan holatlar aniqlangani keltirilib, bunday holatlarga qarşi kuraşiş tarğib qilingandi.

Deyarli har kuni markaziy telekanallarda poytaxtdan viloyatlarga benzin olib ketayotgan haydovçilar qonun buzuvçilar sifatida sazoyi qilinadi, bojxonaçilarimiz respublika içida noqonuniy aylanayotgan neft mahsulotlari qölga olingani haqida şaraf bilan xabar berişdan çarçamaydilar, viloyatlardagi köçalar böyida yelim idişlarda yoqilği sotayotganlar bir qaraşda birovning hojatini çiqarişayotgan bölişsa ham hammaning köziga baloday körinadi.

Albatta, neft mahsulotlari belgilangan tartibda taşilişi, qat'iy narxlarda qonuniy sotilişi şart, buni heç kim inkor etmaydi. Lekin şunça çeklovlarga qaramay noqonuniy yöllarni tutayotganlar nega kamaymayotgani töğrisida bir öylab köriş, hammasini röy-rost aytiş fursati kelmadimikan?

Agar oşkoralik tamoyiliga amal qiladigan va barça bilib turgan gapni bölsak, hamma mazmun bir jumlaga joylanadi: poytaxtdagi AYoQŞlarda benzin bor, emin erkin sotilmoqda, viloyatlar esa bunday ne'matdan mahrum. Tamom!

Ayni şuning uçun ham har qança çeklansa ham, tutib jazolansa ham, musodara qilinsa ham benzin taşiş davom etaveradi. Modomiki, viloyatlardagi haydovçilar qonuniy xarid qiliş imkoniyatiga ega bölmas ekanlar, noqonuniy savdo avj olaveradi. Çunki ayrim hududlarimizda yoqilğini qonuniy xarid qilişning mutlaqo imkoni yöq.

Keling, oddiy misollarga murojaat qilamiz. Internetni titkilasangiz, AYoQŞlarda paydo bölayotgan va kilometrlab çözilayotgan avtomobillardan iborat navbatlar videosi talaygina. Bir foydalanuvçi erinmay 3 kilometrga çözilgan navbatni suratga olgani ham bor gap. Haydovçilar benzin kutib tuşgaça umrlari ötayotgani, şunça kutib ham köp hollarda yoqilği quya olmayotganlari, oxir-oqibat «qöl»dan tört-beş mingdan sotib olayotganlarini aytib nolişadi. Xöş, oddiy savol, bunday insonlar nima qilişlari kerak? Sotilişi lozim bölgan joyda sotilmasa, tört ğildirak aylanib turişi şart bölsa? Oğizda bölsa ham butun tizimning pöstagini yaxşilab qoqqanlariça ikki barobar narxda bölsa ham sotib oladilarda.

Bir voqeaga e'tibor bering. Toşkentdan viloyatga yölga çiqqan haydovçilardan biri u tomonlarda yoqilği taqçilligini hisobga olgan holda ikkita idişda 50 litr zaxira qilib yölga tuşadi. Maşinani töxtatgan YPX xodimlari bunga e'tiroz bildirişadi va benzin musodara qilinişini aytişadi. Haydovçi bu benzin qaytiş uçunligi, borgan joyidan sotib ololmasligini bildirganida «Mayli, 30 litr qaytişingiz uçun yetarli, qolgani noqonuniy» deya baholaşadi. Şu örinda savol tuğiladi: avtomobilda qöşimça yoqilği olib yurişning aniq me'yori bormi? Nega uni vaziyatga qarab har kim öziça talqin qiladi? Umuman olib yuriş mumkin bölmasa, ayni mana şunday hollarda qanday yöl tutiş mumkin?