Ayni kunlarda Özbekiston böylab, sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga yangi nomzodlarni saralaş bosqiçi boşlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi Axborot xizmati vakili Kun.uz naşriga xabar bergan.

Sudyalik lavozimlari uçun zarur bilimga ega bölgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obro‘-e'tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan öttiz yoşdan kiçik bölmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos böyiça kamida 5 yillik iş stajiga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilişi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga kiriş istagini bildirgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşiga ariza bilan murojaat qiladi.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga kiritilişi qonunda belgilangan talab va tartib asosida amalga oşiriladi. Nomzodlar Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşiga bevosita yoki Kengaşning sudyalaroliykengashi.uz rasmiy veb-sayti orqali yoxud Kengaşning 11-90 yoki 200-26-00 raqamli işonç telefonlari, 215-73-08 yoki 215-73-11 xizmat telefonlari orqali murojaat etişlari hamda böş sudyalik lavozimlari töğrisidagi axborot va özlarini qiziqtirgan barça ma'lumotlarni olişlari mumkin.