Nokia kompaniyasi nafaqat Nokia 2 byudjyet smartfoni, balki ikki Zeiss kamera va Iris-skanerli Nokia 9 flagmanini ham taqdimot uçun tayyorlamoqda. LEAKS'da uning suratlari paydo böldi. 

Smartfon metall yoki şişa korpusga ega böladi. Barmoq izlari skaneri orqa tomonga joylaştiriladi, şunday ekan, Nokia 9 hoşiyasiz displey bilan ta'minlanişi ham mumkin. Barmoq izlari skaneriga muqobil sifatida Iris-skaner (köz skaneri) paydo böladi. 

Nokia 9 flagman xususiyatlariga ega böladi. U Nokia 8'dagi kabi Carl Zeiss optikali ikki kamera bilan ta'minlanadi. Bu 12 Mp'li ikki modul bölib, ularning biri oq-qoradir. Şuningdek smartfon Android 8.0 Oreöli birinçi qurilmalardan biri bölişi mumkin. 

Nokia 9 qurilmasining xususiyatlari:
Displey: 5,2 dyuym, 2560x1440 piksel;
Protsessor: Snapdragon 835;
Xotira: 4 Gb operativ va 64 Gb içki;
Kamera: asosiy 12+12 Mp va frontal 12 Mp.

Bundan taşqari, Snapdragon 212 çipi va 4000 mAs siğimli akkumulyatorga ega Nokia 2 byudjyet smartfoni taqdimot uçun tayyorlanmoqda.