Bangladeş qöşni Myanmadan 400 mingdan köproq rohingya musulmonlari kelgani sababli gumanitar inqiroz yoqasida turibdi. Bu haqda YUNISEF ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, minglab yangi qoçqinlar çegarani kesib ötmoqdalar, çunki ularga Myanmada ölim xavf solmoqda. Xalqaro migratsiya taşkiloti rohingya atrofidagi vaziyatni “tez rivojlanayotan qoçqinlar inqirozi” deb baholagan.
Öz navbatida Bangladeş hukumati rohingyalarning erkin harakatlanişini ança çeklab qöydi. Endi ular yurtlariga qaytmagunça maxsus taşkil etilgan lagerlarda qolişlari kerak.
Rohingya musulmonlariga yaqinlari va döstlarinikida qoliş, mahalliy aholiga esa ularga boşpana beriş taqiqlab qöyildi. Ularga şuningdek avtobus va yuk maşinalarda yuriş man qilindi.
Ma'lum qilinişiça, Myanmaning Arakan ştatida bir milliondan köproq rohingya musulmonlari yaşaydi. Ular aholining aksariyat qismi buddaviylikka siğinuvçi Myanmada önlab yillar davomida tahqirlaşlarga uçrab kelganlar. Rohingyalardan köpçiligi pasportlarga ega emaslar va mamlakat fuqarolari hisoblanmaydilar.
Avgust oxiridan Arakanda buddaviylar va musulmonlar örtasidagi töqnaşuvlar töxtamay kelmoqda. Buning oqibatida 400 ga yaqin odam, asosan musulmonlar halok bölganlar.













