Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 19 sentabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga köra, dollar kursi bir hafta ilgari, 12 sentabr kuni örnatilgan kursga nisbatan qariyb 15 sömga pastlagan va 8077.48 sömga teng bölgan (-14.65).

Bir yevro esa 72.52 sömga arzonlab, 9646.13 sömni taşkil etgan. 1 Rossiya rubli esa 0.99 sömga arzonlab, 140.22 sömga yetgan.

Ma'lumot uçun, Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari çoğida qayd etilgan kurslarning örtaça miqdori sifatida har duşanba kuni belgilanadi va Özbekiston hududida valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun qöllaniladi.