Yangi ko‘rkam joylarni ko‘rish, shuningdek sershovqin ziyofatlar, injiqlik qilayotgan bolalar va sayyohlar oqimini chetlab o‘tish istagida bo‘lganlar uchun "Layfxaker" biri-biridan ajoyib variantlarni taqdim etadi.
1. Burgenland, Avstriya

Burgenland — mamlakatning yirik vinochilik mintaqasi. U yerda Markaziy Yevropaning qadimiy "blaufrankish" nomli uzum navi yetishtiriladi.


U yerda yilning 300 kuni quyoshli, shuning uchun Burgenland - piyoda yurish va otda sayr qilishni yoqtiruvchilar, golfchilar va velosipedchilar uchun ayni muddao. Venadan 45 daqiqalik masofada, Noyzidler ko‘li tumanining o‘zidayoq 30 dan ortiq velosiped marshrutlari bor.
2. Kotsuolds, Angliya

Kotsuolds tepaligi — shahar shovqinidan dam olish va Angliya qishloqlarining go‘zalligidan baxra olish uchun mukammal maskan. Manzarali tabiat, o‘tlab yurgan qo‘ylar podasi va mo‘'jazgina qishloq uylarini tomosha qilib, beixtiyor o‘zingizni qadimiy romanlar qahramonidek his qilasiz.

164 kilometrga cho‘zilgan Cotswold Way yo‘nalishi bo‘ylab sayr qilib, bu mintaqaning qadimiy shaharlarini ziyorat qilishingiz mumkin. Shahzoda Charlzning shahar tashqarisidagi qarorgohi Highgrove Estate'ga borishni unutmang. Uning xususiy uyidagi bog‘iga bepul kirishingiz mumkin.





























