Global Challenge tanlovi har qanday şahar va mamlakatga yangi transport liniyasini barpo etiş uçun arizasini taqdim etiş imkonini berdi. Hyperloop One jamoasi barça murojaatlarni diqqat bilan örganib çiqib, kelajakdagi istiqbolli mintaqalarni tanladi. 

Hozirça, 10 ta mintaqa tanlab olindi. Aynan öşa joylarda kompaniya quriliş işlarini boşlaş foydaliroq bölişi taxmin qilinmoqda. Kompaniya yoz oylarida Yevropa va AQŞning quriliş uçun munosib joylarini tanlagan edi. Endilikda barça ehtimoliy nomzodlarning yakuniy röyxati tuzib çiqildi. 

Şunday qilib, Şimoliy Amerika, Buyuk Britaniya va Hindiston uşbu röyxatga kiritilgan. 10 yönalişdan 4 tasi AQŞda joylaşgan. 2030 kmlik eng uzun qatnov Dallas, Hyuston va Laredo şaharlarini özaro boğlaydi va 18 mln kişi istiqomat qiladigan hududni qamrab oladi. 

Işlab çiquvçilarni Hindistondagi 2 ta yönaliş qiziqtirgan. Bular Mumbay-Çennai va Bangalor-Çennaidir. Uşbu yönaliş barpo qilinsa, 30 mln aholiga xizmat körsatiş imkoni paydo böladi. Yana ikkita yönaliş Birlaşgan Qirollikda paydo bölsa, Kanada va Meksikada bittadan Hyperloop One yer osti tonnellari quriladi.